MVP nima?
MVP — Minimum Viable Product — bu mahsulotning eng asosiy, ishlaydigan versiyasi. Maqsad: minimal xarajat bilan bozorni tekshirish.
Nima uchun MVP?
Muammo: Ko'pchilik noto'g'ri yo'l tutadi
Odatdagi xato:
- G'oya topiladi
- 1-2 yil davomida to'liq mahsulot quriladi
- Bozorga chiqariladi
- Hech kim ishlatmaydi
- Pul va vaqt ketdi
MVP yo'li:
- G'oya topiladi
- 4-8 haftada minimal versiya quriladi
- Real foydalanuvchilarga beriladi
- Fikr olinadi
- Kerak bo'lsa yo'nalish o'zgartiriladi (pivot)
- Faqat kerakli narsalar quriladi
MVP da nima bo'lishi kerak?
Faqat bitta asosiy muammoni hal qiladigan funksiya. Hamma narsa emas. Bir narsa.
Misol: Uber MVP da xarita yo'q edi. Faqat "haydovchi yuborish" tugmasi bor edi.
60 kunlik MVP rejasi
| Hafta | Ish |
|---|---|
| 1-2 | Discovery, TT, arxitektura |
| 3-4 | Dizayn (UX/UI) |
| 5-7 | Dasturlash |
| 8 | Test, tuzatish |
| Kun 60 | Birinchi foydalanuvchilar |
MVP narxi
- Oddiy veb yoki mobil MVP: $5,000–$15,000
- Murakkab platforma MVP: $15,000–$35,000
- SaaS MVP: $10,000–$25,000
Muvaffaqiyatli MVP lar
- Airbnb — birinchi versiyasi oddiy veb-sahifa edi
- Dropbox — mahsulot yo'q, faqat video bor edi
- Zappos — omborxona yo'q, faqat sayt; buyurtma kelganda do'kondan sotib olishgan
Xulosa
G'oyangiz bor, lekin noaniq? Empire Group bilan 60 kunda MVP quramiz. Bozorni test qilamiz, kerak bo'lsa yo'nalishni o'zgartiramiz.