← Bosh sahifa
KEYS · Tekstil

Shodlik Textile: paxtadan tayyor kiyimgacha — Odoo 19 Enterprise'da yagona ERP

Shodlik Textile — yiliga $70 mln+ aylanmaga ega, 1 000+ xodim faoliyat yuritadigan yirik paxta-to'qimachilik majmuasi. Kompaniya paxta yetishtirish va qayta ishlashdan boshlab, yog', ip-kalava, mato va tayyor kiyim ishlab chiqarishgacha bo'lgan to'liq siklni qamrab oladi.

Shodlik Textile: paxtadan tayyor kiyimgacha — Odoo 19 Enterprise'da yagona ERP
Mijoz
Shodlik Textile
Soha
Tekstil
Xizmat
Odoo ERP + AI
$70M+
yillik aylanma
1 000+
xodimlar
28
maxsus ERP moduli
10+
uskuna integratsiyasi

Muammo

  • Ishlab chiqarish, omborlar va bo'limlar ma'lumotlarni Excel, qog'oz hamda alohida hisob tizimlarida yuritar edi.
  • Ishlab chiqarish bosqichlari o'rtasida yagona va real vaqt rejimidagi ma'lumot almashinuvi mavjud emas edi.
  • Paxta xomashyosidan tayyor mahsulotgacha bo'lgan partiyalar harakatini to'liq kuzatish murakkab bo'lgan.
  • Ombor qoldiqlari, xomashyo sarfi va ishlab chiqarish natijalari qo'lda jamlanib, hisobotlar kechikib shakllanardi.
  • Xodimlar davomati, smenalar, sanoat tarozilari va stanok ko'rsatkichlari qo'lda hisobga olinardi.
  • Rahbariyat uchun ishlab chiqarish, moliya, ombor va xodimlar holatini yagona joydan ko'rsatadigan boshqaruv tizimi mavjud emas edi.

Yechim

  • Odoo 19 Enterprise va Odoo.sh asosida markazlashtirilgan ERP arxitekturasi yaratildi.
  • Ishlab chiqarish, ombor, xarid, sotuv, moliya, HR va texnik xizmat jarayonlari yagona tizimga birlashtirildi.
  • Shodlik Textile'ning o'ziga xos biznes jarayonlari uchun 28 ta maxsus ERP moduli ishlab chiqildi.
  • Face-ID turniket tizimi ERP bilan integratsiya qilindi. Davomat, smena va kechikishlar avtomatik hisoblanadigan bo'ldi.
  • Sanoat tarozilari ishlab chiqarish buyurtmalariga ulandi va o'lchangan vaznning tizimga avtomatik tushishi ta'minlandi.
  • Stanoklar telemetriyasi ERP bilan integratsiya qilindi. Nosozlik signali kelganda texnik xizmat arizasi avtomatik yaratiladigan bo'ldi.
  • Markaziy bank valyuta kurslari va bank ko'chirmalari bilan ishlash jarayonlari avtomatlashtirildi.
  • Mahsulot partiyalari uchun GS1-128 shtrix-kod yorliqlari joriy etilib, xomashyodan tayyor mahsulotgacha kuzatuv tizimi yaratildi.
  • B2B eksport saytidagi mijoz so'rovlarini to'g'ridan-to'g'ri CRM tizimiga qabul qilish yo'lga qo'yildi.

Natija

  • Shodlik Textile'ning asosiy ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlari yagona ERP platformasiga birlashtirildi.
  • Rahbariyat ishlab chiqarish, ombor, moliya, xodimlar va uskunalar holatini markazlashgan tizim orqali kuzatish imkoniyatiga ega bo'ldi.
  • Ma'lumotlarni qo'lda qayta kiritish, takroriy hisob yuritish va bo'limlar o'rtasidagi axborot uzilishlari kamaytirildi.
  • Xomashyo qabul qilishdan tayyor mahsulotgacha bo'lgan uzluksiz kuzatuv — end-to-end traceability yaratildi.
  • Davomat, smena, ishlab chiqarish vazni va texnik xizmat jarayonlarining muhim qismi avtomatlashtirildi.
  • Shodlik tarkibidagi boshqa korxonalarni ulashga tayyor, kengayuvchan raqamli platforma shakllantirildi.
  • Butun holding bo'yicha konsolidatsiyalangan boshqaruv, BI analitika va AI tizimlarini joriy etish uchun texnologik poydevor yaratildi.

Odoo modullari

  • Manufacturing
  • Inventory
  • Purchase
  • Sales
  • Accounting
  • Employees
  • Maintenance
  • CRM

Integratsiyalar

  • Face-ID turniketlar
  • Sanoat tarozilari
  • Stanok telemetriyasi
  • Markaziy bank kurslari
  • Bank ko'chirmalari
  • GS1-128 shtrix-kod
  • B2B eksport sayti → CRM

Texnologiyalar

  • Odoo 19 Enterprise
  • Odoo.sh
  • Python
  • PostgreSQL
← Barcha keyslar

Shunga o'xshash loyiha kerakmi?

Vazifangizni yozing — 1 ish kunida javob beramiz.

Tez orada javob beramiz · bu oy atigi bir nechta loyiha uchun joy bor
yoki
Telegram orqali yozish

Ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Empire Group

Bepul konsultatsiya

Ma'lumotlaringizni qoldiring — biz siz bilan bog'lanamiz va g'oyani, byudjetni va muddatni birga muhokama qilamiz.

Tez orada javob beramiz · bu oy atigi bir nechta loyiha uchun joy bor
yoki
Telegram orqali yozish

Ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi.