Maxsus Dasturiy Ta'minot Ishlab Chiqish
Tayyor dastur jarayoningizga to'g'ri kelmasa, ikki yo'l bor: jarayonni dasturga moslash yoki dasturni jarayonga. Ikkinchisi qimmatroq ko'rinadi, lekin har kuni qo'lda bajariladigan ish ham pul. Biz sizning ish uslubingizga aniq mos keladigan tizimni noldan quramiz.
Fixed-scope: TZ tasdiqlangach summa shartnomada qotiriladi. Soatbay hisob-kitob yo'q, oxirida kutilmagan raqam chiqmaydi.
Kimga mos
- Jarayoni o'ziga xos va tayyor dasturga sig'maydigan korxonalar
- Excel va Telegram'da yuritilayotgan ishni tizimga o'tkazmoqchi bo'lganlar
- Mavjud tizimlarini bir-biriga ulashi kerak bo'lgan kompaniyalar
- Mahsulot g'oyasi bor va MVP bilan bozorni sinab ko'rmoqchi bo'lganlar
Nimani hal qiladi
Bir ishni uch joyga qayta kiritish
Bitta manba — qolgani avtomatik to'ladi
Tizimlar bir-biri bilan gaplashmaydi
API va integratsiyalar orqali ulanadi
Xatoni faqat oy oxirida bilib qolasiz
Tekshiruv qoidalari kiritish paytida ishlaydi
Hisobot qo'lda yig'iladi
Boshqaruv paneli o'zi yangilanadi
Nima olasiz
- ✓Texnik topshiriq va arxitektura hujjati
- ✓Dizayn — mobil va desktop uchun
- ✓Ishlaydigan tizim: veb ilova, admin panel, rollar
- ✓Tashqi xizmatlar bilan integratsiya (to'lov, SMS, Telegram, 1C, Odoo)
- ✓Manba kodi va intellektual mulk — to'liq sizga o'tadi
- ✓Ishga tushgandan keyin 4 hafta bepul qo'llab-quvvatlash
Narx va muddat
Fixed-scope: TZ tasdiqlangach summa shartnomada qotiriladi va o'zgarmaydi.
Bitta aniq vazifani hal qiluvchi MVP.
- Landing yoki MVP
- Forma va integratsiya
- Asosiy admin panel
- Responsive dizayn
Murakkab biznes mantig'iga ega to'liq ilova.
- To'liq web yoki mobil ilova
- CRM integratsiya
- Admin panel va rollar
- API va avtomatlashtirish
Bir nechta ilovadan iborat ekotizim.
- Yirik ekotizim
- Mikroxizmatlar
- Yuqori yuklama
- Uzoq muddatli SLA
Har paketda 4 hafta bepul qo'llab-quvvatlash · bosqichma-bosqich to'lov · kod va intellektual mulk sizga o'tadi. Barcha narxlar
Real loyiha — Hilol Market
Toshkentdagi do'konlar tarmog'i uchun kassirlarga mo'ljallangan PWA kassa ilovasi: kundalik savdo, xarajat kiritish, smena yopish va hisobot — bitta ekranda.
Texnologiyalar
- React
- Next.js
- TypeScript
- Node.js
- PostgreSQL
- Docker
Ko'p beriladigan savollar
Maxsus dasturiy ta'minot qancha turadi?
Bitta vazifani hal qiluvchi MVP $5,000 dan, 2–3 oy. To'liq biznes ilovasi — CRM integratsiyasi, rollar, avtomatlashtirish bilan — $15,000–$40,000, 4–6 oy. Bir nechta ilovadan iborat ekotizim $50,000 dan. Summa TZ tasdiqlangach qotiriladi.
Kod kimga tegishli bo'ladi?
Loyiha yakunida barcha manba kodi, dizayn va intellektual mulk sizga o'tadi. Vendor lock-in yo'q — xohlagan paytda o'z jamoangiz yoki boshqa ijrochi davom ettira oladi.
To'lov qanday amalga oshiriladi?
Bosqichma-bosqich: boshlang'ich avans, so'ngra har bosqich yakunida. Natijani ko'rasiz, keyin to'laysiz — butun summani oldindan bermaysiz.
Loyiha davomida talab o'zgarsa nima bo'ladi?
Har ikki haftada ishlaydigan versiyani ko'rsatamiz, shuning uchun o'zgarish oxirida emas, yo'lda aniqlanadi. Kelishilgan ko'lamdagi tuzatishlar narxni oshirmaydi; ko'lamdan tashqari yangi funksiya alohida baholanadi va yozma kelishiladi.
Tayyor tizimni keyin o'zimiz rivojlantira olamizmi?
Ha. Kod sizniki, hujjatlashtirilgan va standart texnologiyalarda yozilgan — React, Node.js, PostgreSQL. Jamoangizga topshirish uchun alohida texnik sessiya o'tkazamiz.
Bepul konsultatsiya
Loyihangiz haqida ayting — 1 ish kunida javob beramiz.