Biznes uchun AI Agent Yaratish
AI agent — savolga javob beribgina qolmay, ish bajaradigan dastur: CRM'da lid ochadi, hujjatni o'qib tizimga kiritadi, ombor qoldig'ini tekshiradi. U sizning tizimlaringizga ulanadi va belgilangan qoidalar doirasida ishlaydi. Biz agentni vazifangizga moslab quramiz va nazorat ostida ishga tushiramiz.
Agent har amalini jurnalga yozadi, muhim qarorlarni esa xodimga tasdiqlash uchun yuboradi.
Kimga mos
- Telegram va saytdan kuniga ko'p murojaat oladigan savdo bo'limlari
- Hujjat bilan ko'p ishlaydigan buxgalteriya va logistika
- Ichki qoidalar va yo'riqnomalar ko'p bo'lgan korxonalar
- CRM yoki Odoo'si bor va jarayonlarni tezlashtirmoqchi bo'lganlar
Nimani hal qiladi
Kechqurun va dam olish kuni kelgan murojaatlar javobsiz qoladi
Sotuv agenti istalgan vaqtda javob beradi, lidni CRM'ga yozadi va menejerga uzatadi
Yangi xodim kerakli yo'riqnomani topolmaydi
Bilim bazasi agenti ichki hujjatlaringiz asosida javob beradi va manbani ko'rsatadi
Hujjatlar qo'lda qayta yoziladi
Hujjat agenti PDF va rasmni o'qib, tizimga kiritadi
Rahbar oddiy savol uchun hisobot kutadi
Rahbar yordamchisi CRM va ERP ma'lumotidan darhol javob beradi
Nima olasiz
- ✓Agent vazifalari va chegaralari — nima qila oladi, nima qila olmaydi
- ✓CRM, Odoo, Telegram yoki sayt bilan integratsiya
- ✓Har amal jurnali va xodim tasdiqlash oqimi
- ✓Javob sifatini tekshirish uchun test to'plami
- ✓Nazorat paneli: murojaatlar, aniqlik, odamga uzatishlar
- ✓Ishga tushgandan keyin 4 hafta bepul kuzatuv
Narx va muddat
Fixed-scope: TZ tasdiqlangach summa shartnomada qotiriladi va o'zgarmaydi.
Bitta agent, bitta kanal.
- Bitta agent
- Bitta integratsiya
- Amallar jurnali
- Xodimlarni o'qitish
Bir nechta agent va tizim.
- 2–4 ta agent
- Bir nechta integratsiya
- Bilim bazasi (RAG)
- Nazorat paneli
Korxona miqyosidagi agentlar tizimi.
- Bo'limlararo agentlar
- O'z serveringizda model
- Yuqori yuklama
- Uzoq muddatli SLA
Har paketda 4 hafta bepul qo'llab-quvvatlash · bosqichma-bosqich to'lov · kod va intellektual mulk sizga o'tadi. Barcha narxlar
Texnologiyalar
- Python
- LLM API
- RAG
- PostgreSQL
- Telegram Bot API
- Odoo
Ko'p beriladigan savollar
AI agent yaratish qancha turadi?
Bitta agent va bitta integratsiya $5,000 dan, 2–3 oy. Bir nechta agent, bilim bazasi va integratsiyalar bilan $15,000–$40,000, 4–6 oy. Aniq summa vazifa va integratsiyalar kelishilgach shartnomada qotiriladi.
AI agent va chatbotning farqi nimada?
Oddiy chatbot oldindan yozilgan javoblar bilan ishlaydi. AI agent savolni tushunadi, tizimlaringizdan ma'lumot oladi va amal bajaradi: lid ochadi, buyurtma yozadi, hujjat kiritadi. Har amali jurnalga yoziladi, muhimlari xodim tasdig'idan o'tadi.
Agent qaysi tillarda ishlaydi?
O'zbek, rus va ingliz tillarida ishlashi mumkin. Qaysi tillar kerakligini tahlilda belgilaymiz va ishga tushirishdan oldin real savollaringiz bilan sinovdan o'tkazamiz.
Agent xato qilsa nima bo'ladi?
Agent faqat ruxsat berilgan amallarni bajaradi. Ishonch darajasi past bo'lsa yoki amal muhim bo'lsa, u xodimga uzatadi. Barcha amallar jurnali va aniqlik ko'rsatkichi nazorat panelida ko'rinadi.
Ma'lumotlarimiz tashqariga chiqadimi?
Bu sizning tanlovingiz. Maxfiy ma'lumot uchun o'z serveringizda ishlaydigan modelni tanlashimiz mumkin — u holda hech narsa tashqariga chiqmaydi. Tashqi xizmat ishlatilsa, qaysi ma'lumot yuborilishini oldindan yozma kelishamiz va NDA tuzamiz.
Bepul konsultatsiya
Loyihangiz haqida ayting — 1 ish kunida javob beramiz.