Odoo + AI: ERP Ichida Sun'iy Intellekt
Odoo — korxona ma'lumotlarining yagona bazasi. AI shu bazaga ulanganda hujjatlarni o'zi kiritadi, savollarga Odoo'dagi real ma'lumot bilan javob beradi va talabni bashorat qiladi. Biz Odoo'ni joriy qilamiz va ustiga AI qatlamini quramiz — ikkalasini bitta jamoa qiladi.
AI oxirgi qarorni qabul qilmaydi: natijani xodim ko'radi va tasdiqlaydi. Mavjud Odoo tizimingizga ham ulanadi.
Kimga mos
- Odoo ishlatayotgan va undan ko'proq foyda olmoqchi bo'lgan korxonalar
- Kuniga o'nlab schyot-faktura va nakladnoy kiritadigan buxgalteriya
- Telegram orqali ko'p buyurtma va savol oladigan savdo bo'limlari
- Rahbariyati ma'lumotni tezroq ko'rmoqchi bo'lgan holdinglar
Nimani hal qiladi
Schyot-faktura va nakladnoylar qo'lda kiritiladi
Rasm yoki PDF o'qiladi, Odoo'da hujjat qoralamasi tayyor bo'ladi — xodim faqat tasdiqlaydi
Mijoz Telegram'da narx va qoldiq so'raydi, menejer qidiradi
AI yordamchi Odoo'dagi real narx va qoldiq bilan javob beradi, buyurtmani CRM'ga yozadi
Xarid taxminan rejalashtiriladi
Odoo'dagi sotuv tarixi asosida talab bashorati
Rahbar oddiy savol uchun hisobot kutadi
Odoo ma'lumotlari asosida darhol javob beradigan AI yordamchi
Nima olasiz
- ✓Qaysi Odoo jarayoniga AI arziydi — hisob-kitob bilan tahlil
- ✓Odoo bilan API orqali ikki tomonlama integratsiya
- ✓Xodim natijani ko'rib tasdiqlaydigan interfeys
- ✓Rollar bo'yicha kirish: AI faqat ruxsat etilgan ma'lumotni ko'radi
- ✓Aniqlik ko'rsatkichi va nazorat paneli
- ✓Ishga tushgandan keyin 4 hafta bepul kuzatuv
Narx va muddat
Fixed-scope: TZ tasdiqlangach summa shartnomada qotiriladi va o'zgarmaydi.
Bitta Odoo jarayoniga AI.
- Bitta stsenariy
- Odoo integratsiyasi
- Nazorat paneli
- Xodimlarni o'qitish
Bir nechta jarayon va bashorat.
- Bir nechta stsenariy
- Talab bashorati
- Telegram yordamchi
- Avtomatik hisobot
Holding miqyosidagi AI qatlami.
- Ko'p kompaniya ma'lumoti
- Rahbar uchun AI markaz
- Maxsus modellar
- Uzoq muddatli SLA
Har paketda 4 hafta bepul qo'llab-quvvatlash · bosqichma-bosqich to'lov · kod va intellektual mulk sizga o'tadi. Barcha narxlar
Real loyiha — Shodlik Textile
Odoo 19 Enterprise asosidagi ERP'da uskunalar ma'lumoti odam orqali emas, to'g'ridan-to'g'ri tizimga tushadi. Keyingi bosqich — ishlab chiqarish, moliya, ombor va sotuv ma'lumotlarini tahlil qiluvchi AI agentlar qatlami (AI Executive Control Center).
Texnologiyalar
- Odoo 17–19
- Python
- LLM API
- OCR
- XML-RPC / REST
- Telegram Bot API
Ko'p beriladigan savollar
Odoo'ga AI qo'shish qancha turadi?
Bitta jarayon uchun $5,000 dan, 2–3 oy. Bir nechta jarayon, talab bashorati va Telegram yordamchi bilan $15,000–$40,000, 4–6 oy. Avval tahlil qilib, qaysi jarayon qancha vaqt tejashini raqamda ko'rsatamiz.
Odoo'ning o'zida AI yo'qmi?
Odoo'ning so'nggi versiyalarida ichki AI funksiyalari bor va biz ularni ham sozlaymiz. Lekin sizning jarayoningizga xos vazifalar — masalan, mahalliy hujjat shakllarini o'qish yoki Telegram orqali savdo — alohida sozlash va integratsiyani talab qiladi.
Mavjud Odoo tizimimizga ulasa bo'ladimi?
Ha. Odoo 17–19 versiyalariga API orqali ulanamiz. Avval tizimingiz holatini, modullarini va ma'lumot sifatini tekshiramiz — AI natijasi ma'lumot sifatiga bog'liq.
AI xato qilsa nima bo'ladi?
AI oxirgi qaror qabul qiluvchi emas. Natijani xodim ko'radi va tasdiqlaydi, ishonch darajasi past bo'lsa tizim o'zi odamga uzatadi. Aniqlik ko'rsatkichi nazorat panelida doim ko'rinib turadi.
Ma'lumotlarimiz tashqariga chiqadimi?
Bu sizning tanlovingiz. Maxfiy ma'lumot uchun o'z serveringizda ishlaydigan modelni tanlashimiz mumkin — u holda hech narsa tashqariga chiqmaydi. Tashqi xizmat ishlatilsa, qaysi ma'lumot yuborilishini oldindan yozma kelishamiz va NDA tuzamiz.
Bepul konsultatsiya
Loyihangiz haqida ayting — 1 ish kunida javob beramiz.