Odoo ERP Joriy Qilish
Bo'limlar alohida Excel yuritadi, ombor qoldig'i haqiqatga to'g'ri kelmaydi, hisobotni yig'ish uch kun oladi. Odoo ERP — savdo, ombor, moliya, ishlab chiqarish, xarid va HR ni bitta bazaga birlashtiradigan tayyor platforma. Biz uni biznesingizga moslab joriy qilamiz va xodimlaringizni o'qitamiz.
Empire Group — Odoo S.A. ning rasmiy Learning Partner'i. Ya'ni vendor metodologiyasi, mahsulot yangilanishlari va texnik ko'magiga to'g'ridan-to'g'ri kirishimiz bor.
Kimga mos
- Bo'limlari bir-birini ko'rmaydigan, ma'lumot Excel'da tarqoq korxonalar
- Ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan va tannarxni aniq bilmoqchi bo'lganlar
- Bir nechta filial yoki ombori bor savdo kompaniyalari
- 1C yoki eski tizimdan zamonaviy platformaga o'tmoqchi bo'lganlar
Nimani hal qiladi
Ombor qoldig'i qog'ozda bir xil, omborda boshqacha
Har harakat tizimda qayd etiladi — kirim, chiqim, ko'chirish, brak
Tannarx taxminan hisoblanadi
Xomashyo, ish haqi va uskuna vaqti bo'yicha real tannarx
Hisobot yig'ish uch kun oladi
Boshqaruv paneli — istalgan payt, istalgan joydan
Kim nima qilgani ko'rinmaydi
Har amal foydalanuvchi va vaqt bilan yoziladi
Nima olasiz
- ✓Biznesingizga sozlangan Odoo tizimi (bulutda yoki o'z serveringizda)
- ✓Mavjud ma'lumotlarni ko'chirish — mijozlar, tovarlar, qoldiqlar
- ✓Rollar va ruxsatlar: kim nimani ko'radi va o'zgartira oladi
- ✓Xodimlarni o'qitish va qo'llanma
- ✓Kerak bo'lsa — maxsus modullar va tashqi tizimlar bilan integratsiya
- ✓Ishga tushgandan keyin 4 hafta bepul kuzatuv
Narx va muddat
Fixed-scope: TZ tasdiqlangach summa shartnomada qotiriladi va o'zgarmaydi.
Odoo standart modullarini joriy qilish.
- Asosiy modullar
- Ma'lumot migratsiyasi
- Xodimlarni o'qitish
- Standart hisobotlar
Biznesga moslashtirilgan modullar va AI.
- To'liq ERP joriy qilish
- Custom modullar
- AI avtomatlashtirish
- Tashqi integratsiya
Korxonaning to'liq raqamli transformatsiyasi.
- Korporativ ekotizim
- Ko'p filial / kompaniya
- Apparat integratsiyalari
- 24/7 SLA
Har paketda 4 hafta bepul qo'llab-quvvatlash · bosqichma-bosqich to'lov · kod va intellektual mulk sizga o'tadi. Barcha narxlar
Real loyiha — Shodlik Textile
Paxta xomashyosidan ip, xom mato va tayyor kiyimgacha — to'rt bosqichli ishlab chiqarish, 337 xodim, uch smena. Hammasi Excel va qog'ozda edi. Butun klasterni Odoo 19 Enterprise'ga ko'chirdik va zavod uskunalarini to'g'ridan-to'g'ri ERP'ga uladik.
Texnologiyalar
- Odoo 17–19
- Python
- PostgreSQL
- XML-RPC / REST
- Docker
- Odoo.sh
Ko'p beriladigan savollar
Odoo ERP joriy qilish qancha turadi?
Standart joriy qilish $8,800 dan boshlanadi va 2–3 oy oladi. Maxsus modullar va integratsiyalar kerak bo'lsa $25,000–$35,000 oralig'ida, 4–6 oy. Ko'p filialli korporativ ekotizim $85,000 dan. Aniq summa TZ tasdiqlangach shartnomada qotiriladi va keyin o'zgarmaydi.
Odoo joriy qilish qancha vaqt oladi?
Standart paket — 2–3 oy. Bu tahlil, sozlash, ma'lumot ko'chirish, o'qitish va ishga tushirishni o'z ichiga oladi. Custom modullar va apparat integratsiyalari bo'lsa 4–6 oy. Muddat ham narx kabi shartnomada belgilanadi.
Odoo yoki 1C — qaysi biri yaxshiroq?
1C buxgalteriya va soliq hisobotida kuchli. Odoo esa butun korxonani bitta bazada boshqaradi: savdo, ombor, ishlab chiqarish, HR, loyihalar. Ochiq kodli, ya'ni istalgan jarayonni o'zingizga moslash mumkin va vendorga bog'lanib qolmaysiz. Ko'p mijozlar ikkalasini birga ishlatadi — Odoo operatsion, 1C rasmiy hisobot uchun.
Odoo litsenziyasi alohida to'lanadimi?
Ha. Odoo Enterprise litsenziyasi foydalanuvchi soniga qarab Odoo S.A. ga to'lanadi va bizning joriy qilish narximizga kirmaydi. Odoo Community bepul, lekin ba'zi modullar yo'q. Qaysi variant sizga arzonroq tushishini tahlil bosqichida hisoblab beramiz.
Xodimlarim tizimni o'rgana oladimi?
O'qitish joriy qilishning bir qismi va narxga kiritilgan. Har rol uchun alohida mashg'ulot o'tkazamiz va o'zbek tilida qo'llanma qoldiramiz. Ishga tushgandan keyin 4 hafta davomida savollarga bepul javob beramiz.
Ma'lumotlarimiz xavfsizmi?
Shartnoma va NDA rasmiy tuziladi — "EMPIRE GROUP CORP" MCHJ sifatida. Tizimni o'z serveringizda joylashtirishni tanlashingiz mumkin, u holda ma'lumot butunlay sizda qoladi. Rollar va ruxsatlar orqali kim nimani ko'rishi aniq chegaralanadi.
Bepul konsultatsiya
Loyihangiz haqida ayting — 1 ish kunida javob beramiz.