AI bilan Biznes Jarayonlarni Avtomatlashtirish
AI — alohida sotib olinadigan mahsulot emas, mavjud jarayonga ulanadigan qatlam. Kuniga takrorlanadigan, qoidaga bo'ysunadigan va odam vaqtini yeydigan ishlar bor: hujjatni tizimga kiritish, bir xil savolga javob berish, ma'lumotni saralash. Aynan shularni avtomatlashtiramiz.
Biz avval nimani avtomatlashtirish arziydi degan savolga javob beramiz. Ba'zan javob — oddiy qoida, AI emas. Buni ochiq aytamiz.
Kimga mos
- Kuniga o'nlab bir xil hujjat qayta ishlaydigan korxonalar
- Mijoz savollarining katta qismi takrorlanadigan xizmat kompaniyalari
- Odoo yoki CRM'i bor va ustiga aql qo'shmoqchi bo'lganlar
- Ma'lumoti ko'p, lekin undan qaror chiqmayotgan bizneslar
Nimani hal qiladi
Hujjatni odam qo'lda kiritadi
Rasm yoki PDF'dan matn o'qiladi va tizimga tushadi
Bir xil savolga kun bo'yi javob beriladi
AI yordamchi javob beradi, murakkabini odamga uzatadi
Talab qancha bo'lishini taxmin qilasiz
Tarixiy ma'lumot asosida bashorat
Hisobotni odam o'qib xulosa qiladi
Asosiy o'zgarishlar avtomatik yoziladi
Nima olasiz
- ✓Qaysi jarayonni avtomatlashtirish arziydi — hisob-kitob bilan tahlil
- ✓AI yechimi mavjud tizimingizga ulangan holda (Odoo, CRM, sayt)
- ✓Xodim uchun tushunarli interfeys — natijani tekshirish va tuzatish imkoni
- ✓Aniqlik ko'rsatkichi va nazorat paneli
- ✓Xodimlarni o'qitish
- ✓Ishga tushgandan keyin 4 hafta bepul kuzatuv
Narx va muddat
Fixed-scope: TZ tasdiqlangach summa shartnomada qotiriladi va o'zgarmaydi.
Bitta jarayonni avtomatlashtirish.
- Bitta aniq stsenariy
- Mavjud tizimga ulash
- Nazorat paneli
- Xodimlarni o'qitish
Bir nechta jarayon va bashoratli tahlil.
- Bir nechta stsenariy
- Bashoratli tahlil
- Odoo/CRM integratsiya
- Avtomatik hisobot
Korxona miqyosidagi avtomatlashtirish.
- Ko'p bo'lim qamrovi
- Maxsus modellar
- Yuqori yuklama
- Uzoq muddatli SLA
Har paketda 4 hafta bepul qo'llab-quvvatlash · bosqichma-bosqich to'lov · kod va intellektual mulk sizga o'tadi. Barcha narxlar
Real loyiha — Shodlik Textile
To'rt bosqichli to'qimachilik ishlab chiqarishi Odoo 19 Enterprise'ga ko'chirildi va zavod uskunalari to'g'ridan-to'g'ri ERP'ga ulandi — ma'lumot odam orqali emas, uskunadan tizimga tushadi.
Texnologiyalar
- Python
- LLM API
- OCR
- PostgreSQL
- Odoo
- Docker
Ko'p beriladigan savollar
AI avtomatlashtirish qancha turadi?
Bitta jarayonni avtomatlashtirish $5,000 dan, 2–3 oy. Bir nechta jarayon va bashoratli tahlil bilan $15,000–$40,000, 4–6 oy. Avval tahlil o'tkazamiz va qaysi jarayon qancha vaqt tejashini raqamda ko'rsatamiz — shundan keyin qaror qilasiz.
Bizning biznesimizga AI kerakmi?
Faqat takrorlanadigan, hajmi katta va qoidaga bo'ysunadigan ish bo'lsa. Kuniga besh marta bajariladigan vazifa uchun AI o'zini oqlamaydi — u yerda oddiy avtomatlashtirish arzonroq. Tahlil bosqichida buni ochiq aytamiz.
AI xato qilsa nima bo'ladi?
Biz AI ni oxirgi qaror qabul qiluvchi qilib qo'ymaymiz. Natijani xodim ko'radi va tasdiqlaydi, ishonch darajasi past bo'lsa tizim o'zi odamga uzatadi. Aniqlik ko'rsatkichi nazorat panelida doim ko'rinib turadi.
Ma'lumotlarimiz tashqariga chiqadimi?
Bu sizning tanlovingiz. Maxfiy ma'lumot uchun o'z serveringizda ishlaydigan modelni tanlashimiz mumkin — u holda hech narsa tashqariga chiqmaydi. Tashqi xizmat ishlatilsa, qaysi ma'lumot yuborilishini oldindan yozma kelishamiz va NDA tuzamiz.
Bepul konsultatsiya
Loyihangiz haqida ayting — 1 ish kunida javob beramiz.