Odoo va Ishlab Chiqarish Uskunalari Integratsiyasi
Zavodda ma'lumot bor, lekin u tizimga odam orqali tushadi: operator vaznni daftarga yozadi, keyin kimdir uni Excel'ga ko'chiradi. Har bosqichda vaqt va aniqlik yo'qoladi. Uskunani ERP ga ulaganda o'lchov to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqarish buyurtmasiga tushadi.
Bu bizning eng hujjatlashtirilgan yo'nalishimiz: to'qimachilik klasterida 10 dan ortiq uskuna ERP ga ulangan.
Kimga mos
- Sanoat tarozilari bilan ishlaydigan ishlab chiqarish korxonalari
- Davomatni turniket orqali hisoblaydigan yirik jamoalar
- Stanok to'xtashini kechikib biladigan zavodlar
- Partiyalarni xomashyodan tayyor mahsulotgacha kuzatmoqchi bo'lganlar
Nimani hal qiladi
Vazn qo'lda yoziladi va keyin kiritiladi
O'lchangan vazn ishlab chiqarish buyurtmasiga o'zi tushadi
Davomat va smena qo'lda hisoblanadi
Turniket ma'lumoti ERP ga tushadi, kechikish avtomatik hisoblanadi
Stanok nosozligi kech ma'lum bo'ladi
Nosozlik signalida texnik xizmat arizasi o'zi yaratiladi
Partiya qayerdan kelganini aniqlash qiyin
Shtrix-kod orqali xomashyodan tayyor mahsulotgacha kuzatuv
Nima olasiz
- ✓Uskunalar ro'yxati va ulash usuli bo'yicha texnik tahlil
- ✓Sanoat tarozilari, turniket yoki stanok telemetriyasini ulash
- ✓GS1-128 shtrix-kod yorliqlari va partiya kuzatuvi
- ✓Uskuna uzilganda ma'lumot yo'qolmasligi uchun navbat
- ✓Operatorlar va texnik xizmat uchun o'qitish
- ✓Ishga tushgandan keyin 4 hafta bepul kuzatuv
Narx va muddat
Fixed-scope: TZ tasdiqlangach summa shartnomada qotiriladi va o'zgarmaydi.
Bitta tizim yoki uskuna bilan ulanish.
- Tahlil va texnik topshiriq
- Ulanish va sinov
- Xatolarni kuzatish paneli
- Xodimlarni o'qitish
Bir nechta tizim, ikki tomonlama almashinuv.
- Bir nechta integratsiya
- Ikki tomonlama sinxronizatsiya
- Xatolarni qayta yuborish
- Monitoring va hisobot
Ishlab chiqarish va filiallar bo'ylab.
- Uskunalar va liniyalar
- Ko'p filial
- Yuqori yuklama
- Uzoq muddatli SLA
Har paketda 4 hafta bepul qo'llab-quvvatlash · bosqichma-bosqich to'lov · kod va intellektual mulk sizga o'tadi. Barcha narxlar
Real loyiha — Shodlik Textile
To'qimachilik klasterida Face-ID turniketlar, sanoat tarozilari va stanoklar telemetriyasi Odoo 19 Enterprise ga ulandi: davomat avtomatik hisoblanadi, o'lchangan vazn buyurtmaga tushadi, nosozlik signalida texnik xizmat arizasi o'zi yaratiladi.
Texnologiyalar
- Odoo 17–19
- GS1-128
- Face-ID
- PLC / IoT
- Python
Ko'p beriladigan savollar
Qanday uskunalarni ulash mumkin?
Raqamli chiqishi bor deyarli har qanday uskuna: sanoat tarozilari, Face-ID turniketlar, shtrix-kod skanerlari, stanoklar kontrolleri. Tahlil bosqichida har bir uskunaning interfeysi tekshiriladi — qaysi biri ulanishi va qanday narxda ekani shundan keyin aniq bo'ladi.
Eski uskunalarni ham ulash mumkinmi?
Ko'pincha ha. Agar uskunada raqamli chiqish bo'lmasa, oraliq qurilma qo'shish kerak bo'ladi — bu qo'shimcha xarajat, lekin uskunani almashtirishdan ancha arzon. Buni tahlil bosqichida aniq aytamiz.
Internet uzilsa ishlab chiqarish to'xtaydimi?
Yo'q. Ma'lumot mahalliy navbatda saqlanadi va aloqa tiklanganda tizimga o'tadi. Ishlab chiqarish ERP ga bog'liq bo'lib qolmaydi.
Integratsiya uzilib qolsa nima bo'ladi?
Har almashinuv jurnalga yoziladi. Ulanish uzilsa, yuborilmagan yozuvlar navbatda qoladi va aloqa tiklanganda avtomatik qayta yuboriladi. Takroriy xatolik bo'lsa, mas'ul xodimga xabar boradi — ma'lumot jimgina yo'qolmaydi.
Bepul konsultatsiya
Loyihangiz haqida ayting — 1 ish kunida javob beramiz.