Ombor Hisobi Dasturi
Ombor hisobi dasturi — tovar kirimi, chiqimi, qoldig'i va inventarizatsiyani real vaqtda yurituvchi tizim; biz uni Odoo asosida savdo, ulgurji va ishlab chiqarish korxonalari uchun joriy qilamiz. Odoo tarkibida joriy qilish $8,800 dan boshlanadi va 2–3 oy oladi. Har harakat tizimda qayd etiladi, shuning uchun hisobdagi qoldiq omborda turgan tovar bilan bir xil bo'ladi.
Bu alohida tovar hisobi dasturi emas: ombor sotuv, xarid va hisob bilan bitta bazada ishlaydi — tovar sotilganda qoldiq o'zi kamayadi, qayta kiritish kerak emas.
Kimga mos
- Bir nechta ombor yoki filiali bor savdo va ulgurji kompaniyalar
- Do'konlar tarmog'i: qoldiq, kirim va sotuv bir joyda ko'rinishi kerak
- Ishlab chiqarish: xomashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulot hisobi
- Omborni avtomatlashtirish kerak bo'lganlar: shtrix-kod, skaner va tarozi bilan
- Excel yoki boshqa dasturdan ombor sotuv va ishlab chiqarish bilan bog'langan tizimga o'tmoqchi bo'lganlar
Nimani hal qiladi
Hisobdagi qoldiq bir xil, omborda boshqacha
Har kirim, chiqim, ko'chirish va brak tizimda qayd etiladi
Inventarizatsiya bir necha kun oladi
Shtrix-kod skaneri bilan sanash, farq avtomatik hisoblanadi
Tovar qaysi omborda ekani noma'lum
Har ombor va joylashuv bo'yicha qoldiq bir ekranda
Tovar tugab qolgani kech bilinadi
Minimal qoldiq qoidasi: tovar kamayganda xarid so'rovi o'zi yaratiladi
Partiya va yaroqlilik muddati kuzatilmaydi
Partiya, seriya raqami va yaroqlilik muddati bo'yicha hisob
MoySklad yoki Odoo: qachon qaysi biri mos?
MoySklad — tovar, sotuv va qoldiq hisobi uchun obuna asosidagi tayyor bulut xizmati. Odoo — ombor ishlab chiqarish, xarid, CRM va moliya bilan bitta bazada ishlaydigan va jarayoningizga sozlanadigan platforma. Biz Odoo'ni joriy qilamiz, MoySklad'ni emas — quyida bizningcha qachon qaysi biri to'g'ri kelishi.
Ko'proq MoySklad mos
Ko'proq Odoo mos
Ko'proq MoySklad mosDo'kon yoki kichik ulgurji, tovar va qoldiq hisobi hozirning o'zida kerak
Ko'proq Odoo mosBir nechta ombor va filial, ular orasida tovar ko'chiriladi
Ko'proq MoySklad mosJarayonlar xizmatning standart mantig'iga tushadi
Ko'proq Odoo mosO'z qoidalaringiz kerak: partiya, yaroqlilik muddati, marshrut, tasdiqlash
Ko'proq MoySklad mosIshlab chiqarish yo'q yoki u oddiy
Ko'proq Odoo mosIshlab chiqarish: xomashyo, yarim tayyor mahsulot, bosqichma-bosqich tannarx
Ko'proq MoySklad mosJoriy qilishga byudjet yo'q, jamoa o'zi sozlaydi
Ko'proq Odoo mosOmbor CRM, xarid va buxgalteriya bilan bitta bazada bo'lishi kerak
MoySklad'da ishlayotgan bo'lsangiz, ma'lumotnomalar va qoldiqlarni joriy dasturingiz beradigan eksport fayldan ko'chiramiz — formatni tahlil bosqichida tekshiramiz.
Nima olasiz
- ✓Omborlaringiz va jarayonlaringizga sozlangan Odoo Ombor (Inventory)
- ✓Tovarlar, qoldiqlar va kontragentlarni Excel yoki eski dasturdan ko'chirish
- ✓Shtrix-kod va yorliqlar bilan ishlash
- ✓Ko'p ombor, filial va ombor ichidagi joylashuvlar
- ✓Sotuv, xarid va hisob bilan bog'lash; kerak bo'lsa 1C bilan almashinuv
- ✓Xodimlarni o'qitish va ishga tushgandan keyin 4 hafta bepul kuzatuv
Narx va muddat
Fixed-scope: TZ tasdiqlangach summa shartnomada qotiriladi va o'zgarmaydi.
Odoo standart modullari, ombor bilan birga.
- Ombor va sotuv
- Qoldiqlarni ko'chirish
- Xodimlarni o'qitish
- Standart hisobotlar
Murakkab ombor jarayonlari va integratsiyalar.
- Maxsus modullar
- Shtrix-kod va skanerlar
- Tarozi va uskuna integratsiyasi
- 1C va tashqi tizimlar
Ko'p omborli korxonaning to'liq raqamli transformatsiyasi.
- Ko'p ombor va filial
- Bir nechta kompaniya
- Apparat integratsiyalari
- 24/7 SLA
Har paketda 4 hafta bepul qo'llab-quvvatlash · bosqichma-bosqich to'lov · kod va intellektual mulk sizga o'tadi. Barcha narxlar
Real loyiha — Shodlik Textile
Paxta-to'qimachilik klasterida ombor, xarid, sotuv va ishlab chiqarish bitta Odoo 19 Enterprise bazasiga birlashtirildi. Mahsulot partiyalari GS1-128 shtrix-kod yorliqlari bilan xomashyodan tayyor mahsulotgacha kuzatiladi, sanoat tarozilarida o'lchangan vazn tizimga o'zi tushadi.
Texnologiyalar
- Odoo Inventory
- Odoo 17–19
- Odoo POS
- GS1-128
- Python
- PostgreSQL
Ko'p beriladigan savollar
Ombor dasturi narxi qancha — joriy qilish qancha turadi?
Ombor Odoo tarkibida joriy qilinadi, shuning uchun narx Odoo paketlari bo'yicha: standart joriy qilish $8,800 dan, 2–3 oy; shtrix-kod, uskuna integratsiyasi va maxsus modullar bilan $25,000–$35,000, 4–6 oy. Ko'p omborli va ko'p kompaniyali tizim $85,000 dan. Aniq summa TZ tasdiqlangach shartnomada qotiriladi; Odoo Enterprise litsenziyasi alohida to'lanadi.
Ombor dasturini joriy qilish qancha vaqt oladi?
Standart joriy qilish 2–3 oy: tahlil, sozlash, qoldiqlarni ko'chirish, o'qitish va ishga tushirish. Shtrix-kod, tarozi va maxsus modullar bo'lsa 4–6 oy. Ish to'xtamaydi: avval bitta ombor ishga tushadi, u barqaror ishlagach keyingisi.
Inventarizatsiya dasturi alohida kerakmi?
Yo'q. Odoo'da inventarizatsiya ombor modulining bir qismi: qoldiq sanaladi, hisobdagi bilan farq avtomatik chiqadi va tasdiqlangach tuzatiladi. Shtrix-kod skaneri bilan sanash tezroq va xatosiz.
Do'kon uchun ham mos keladimi?
Ha. Odoo'ning kassa moduli (POS) ombor bilan bitta bazada ishlaydi — sotuv bo'lishi bilan qoldiq kamayadi. Bitta kichik do'kon uchun Odoo ortiqcha bo'lishi mumkin; buni tahlil bosqichida ochiq aytamiz.
Nasiya savdo va mijoz qarzlarini hisobga oladimi?
Ha. Sotilgan, lekin to'lanmagan summa debitor qarz sifatida yuritiladi, bo'lib to'lash muddatlari to'lov shartlarida belgilanadi va muddati o'tgan qarzlar hisobotda ko'rinadi.
Buxgalteriyani 1C'da qoldirsak bo'ladimi?
Ha, ko'p korxona shunday qiladi: ombor va savdo Odoo'da, rasmiy hisobot 1C'da. Ikkalasi o'rtasida avtomatik almashinuv quramiz, shunda bir hujjat ikki marta kiritilmaydi.
Bepul konsultatsiya
Loyihangiz haqida ayting — 1 ish kunida javob beramiz.