Odoo ERP Narxi: Joriy Etish, Litsenziya va Server
Odoo ERP narxi uch qismdan iborat: joriy etish (bizning ish), Odoo litsenziyasi (Odoo S.A. ga to'lanadi) va server. Joriy etish $8,800 dan boshlanadi va 2–3 oy davom etadi, maxsus modullar va integratsiyalar bilan $25,000–$35,000 va 4–6 oy. Aniq summa texnik topshiriq tasdiqlangach shartnomada qotiriladi.
Narx soatbay emas, fixed-scope: loyiha boshida kelishilgan summa texnik topshiriq o'zgarmasa oshmaydi.
Kimga mos
- Odoo'ni ko'rib chiqayotgan va byudjet rejalashtirayotgan rahbarlar
- 1C yoki Excel'dan o'tish qancha turishini bilmoqchi bo'lganlar
- Bir nechta taklifni solishtirayotgan moliya direktorlari
- Odoo Community va Enterprise o'rtasida tanlayotganlar
Nimani hal qiladi
Taklifda faqat soat narxi bor, yakuniy summa noma'lum
Yakuniy summa shartnomada yoziladi va topshiriq o'zgarmasa oshmaydi
Litsenziya, server va xizmat narxi aralashib ketgan
Uch qism alohida ko'rsatiladi: joriy etish, litsenziya, server
Qaysi modullar kerakligini bilmaysiz
Tahlil bosqichida modullar ro'yxati va har birining narxga ta'siri
Ishga tushgandan keyingi xarajat yashirin
4 hafta bepul kuzatuv, keyingi qo'llab-quvvatlash shartlari oldindan yoziladi
Nima olasiz
- ✓Jarayonlar tahlili va kerakli modullar ro'yxati
- ✓Joriy etish, litsenziya va server bo'yicha alohida smeta
- ✓Fixed-scope shartnoma va bosqichma-bosqich to'lov jadvali
- ✓Community yoki Enterprise — qaysi biri sizga arzonroq tushishi hisobi
- ✓Ma'lumot ko'chirish va xodimlarni o'qitish narxga kiritilgan
- ✓Ishga tushgandan keyin 4 hafta bepul kuzatuv
Narx va muddat
Fixed-scope: TZ tasdiqlangach summa shartnomada qotiriladi va o'zgarmaydi.
Odoo standart modullarini joriy qilish.
- Asosiy modullar
- Ma'lumot migratsiyasi
- Xodimlarni o'qitish
- Standart hisobotlar
Biznesga moslashtirilgan modullar va AI.
- To'liq ERP joriy qilish
- Custom modullar
- AI avtomatlashtirish
- Tashqi integratsiya
Korxonaning to'liq raqamli transformatsiyasi.
- Korporativ ekotizim
- Ko'p filial / kompaniya
- Apparat integratsiyalari
- 24/7 SLA
Har paketda 4 hafta bepul qo'llab-quvvatlash · bosqichma-bosqich to'lov · kod va intellektual mulk sizga o'tadi. Barcha narxlar
Real loyiha — Shodlik Textile
Yillik aylanmasi $70 mln+ va 1 000+ xodimli paxta-to'qimachilik klasteri Odoo 19 Enterprise yadrosiga ko'chirildi: ishlab chiqarish, ombor, moliya va HR yagona tizimda, zavod uskunalari ERP'ga ulangan.
Texnologiyalar
- Odoo Community
- Odoo Enterprise
- Odoo.sh
- PostgreSQL
- Docker
Ko'p beriladigan savollar
Odoo ERP joriy etish qancha turadi?
Standart joriy etish $8,800 dan boshlanadi va 2–3 oy oladi. Maxsus modullar va integratsiyalar kerak bo'lsa $25,000–$35,000, 4–6 oy. Ko'p filialli korporativ ekotizim $85,000 dan. Aniq summa texnik topshiriq tasdiqlangach shartnomada qotiriladi.
Odoo litsenziyasi qancha turadi?
Odoo Enterprise litsenziyasi Odoo S.A. ga to'lanadi va foydalanuvchilar soni hamda tanlangan tarifga bog'liq — amaldagi narxlar odoo.com/pricing sahifasida. U bizning joriy etish narximizga kirmaydi. Odoo Community bepul, lekin ba'zi modullar, masalan to'liq buxgalteriya, faqat Enterprise'da bor.
Joriy etish narxiga nimalar kiradi?
Tahlil, sozlash, ma'lumot ko'chirish, rollar va ruxsatlar, xodimlarni o'qitish va ishga tushgandan keyin 4 hafta bepul kuzatuv. Maxsus modullar va tashqi tizimlar bilan integratsiya Advanced paketda. Litsenziya va server alohida hisoblanadi.
Narx nimaga bog'liq?
Foydalanuvchilar va modullar soni, sizga xos jarayonlar, integratsiyalar (1C, bank, uskunalar), ko'chiriladigan ma'lumot hajmi va filiallar soni. Tahlil bosqichida har omilning narxga ta'sirini alohida ko'rsatamiz.
To'lov qanday amalga oshiriladi?
Bosqichma-bosqich: har bosqich topshirilganda to'lanadi. Shartnoma "EMPIRE GROUP CORP" MCHJ bilan rasmiy tuziladi, loyiha yakunida kod va intellektual mulk sizga o'tadi.
Bepul konsultatsiya
Loyihangiz haqida ayting — 1 ish kunida javob beramiz.