Paxta-To'qimachilik Klasteri uchun ERP
Paxta-to'qimachilik klasteri uchun ERP — paxta qabul punktidan tozalash, yigiruv, to'quv va tikuvgacha bo'lgan barcha korxonalarni bitta Odoo bazasiga birlashtiruvchi tizim; u to'liq siklli klasterlar va bir nechta korxonasi bor holdinglar uchun. Bir nechta korxona va omborli tizim $85,000 dan boshlanadi va taxminan bir yil oladi; bitta korxonadan boshlansa — $8,800 dan va 2–3 oy. Rahbariyat butun klasterni — paxtadan tayyor kiyimgacha — bitta ekranda ko'radi.
Bu bizning eng katta hujjatlashtirilgan loyihamiz turidagi ish: yiliga $70 mln+ aylanmali, 1 000+ xodimli klaster.
Kimga mos
- Paxta qabul punktlari va paxta tozalash zavodi bor klasterlar
- Paxtadan tayyor kiyimgacha to'liq siklli vertikal klasterlar
- Bir nechta korxonasi bor va ularni birgalikda ko'rmoqchi bo'lgan holdinglar
- Yog' zavodi kabi qo'shimcha ishlab chiqarishlari bor klasterlar
Nimani hal qiladi
Har korxona o'z hisobini yuritadi
Barcha korxonalar bitta bazada, holding bo'yicha konsolidatsiyalangan hisobot
Paxta qabulida vazn qo'lda yoziladi
Qabul punkti tarozisi ERP ga ulanadi — vazn o'zi tushadi
Tayyor kiyim qaysi paxtadan ekani noma'lum
GS1-128 shtrix-kod bilan paxtadan tayyor mahsulotgacha kuzatuv
Korxonalar o'rtasidagi ichki sotuv qo'lda
Ichki ko'chirish va ichki sotuv har korxona hisobida avtomatik
Davomat va smena har korxonada boshqacha
Face-ID turniketlar ERP ga ulanadi — davomat bir xil qoidada hisoblanadi
Paxta-to'qimachilik klasteri ERP da qanday ko'rinadi?
Korxona yoki bosqich
Tizimda nima yuritiladi
Korxona yoki bosqichPaxta qabul punktlari
Tizimda nima yuritiladiFermer, vazn, nav va namlik bo'yicha qabul; to'lov hisobi
Korxona yoki bosqichPaxta tozalash zavodi
Tizimda nima yuritiladiPaxtadan tola, chigit va chiqindi chiqishi; toy partiyasi
Korxona yoki bosqichYog' zavodi
Tizimda nima yuritiladiChigitdan yog' va qo'shimcha mahsulot chiqishi
Korxona yoki bosqichYigiruv, to'quv, bo'yash
Tizimda nima yuritiladiHar bosqichning partiyasi, sarfi va tannarxi — bosqich sahifalariga qarang
Korxona yoki bosqichTikuv va sotuv
Tizimda nima yuritiladiCMT va o'z brendi buyurtmalari, eksport so'rovlari CRM da
Korxona yoki bosqichHolding boshqaruvi
Tizimda nima yuritiladiKorxonalar kesimida moliya, ombor, ishlab chiqarish va xodimlar hisoboti
Nima olasiz
- ✓Bir nechta korxona va omborli yagona Odoo
- ✓Paxtadan tayyor mahsulotgacha partiya kuzatuvi (GS1-128)
- ✓Bosqichma-bosqich tannarx va korxonalar orasidagi ichki hisob
- ✓Holding bo'yicha konsolidatsiyalangan hisobot
- ✓Tarozi, turniket va stanok telemetriyasi integratsiyasi
- ✓Xodimlarni o'qitish va ishga tushgandan keyin 4 hafta bepul kuzatuv
Narx va muddat
Fixed-scope: TZ tasdiqlangach summa shartnomada qotiriladi va o'zgarmaydi.
Standart modullarni joriy qilish.
- Ombor va sotuv
- Ma'lumot migratsiyasi
- Xodimlarni o'qitish
- Standart hisobotlar
Ishlab chiqarishga moslashtirilgan modullar.
- Ishlab chiqarish bosqichlari
- Maxsus modullar
- Uskuna integratsiyasi
- Partiya kuzatuvi
To'liq siklli klaster uchun.
- Bir nechta korxona
- Ko'p ombor va filial
- Apparat integratsiyalari
- 24/7 SLA
Har paketda 4 hafta bepul qo'llab-quvvatlash · bosqichma-bosqich to'lov · kod va intellektual mulk sizga o'tadi. Barcha narxlar
Real loyiha — Shodlik Textile
Shodlik Textile — 15 ta paxta qabul punkti (yiliga 50 000+ tonna paxta), 2 ta paxta tozalash zavodi va 2 ta yog' ishlab chiqarish zavodidan tayyor kiyimgacha to'liq siklli klaster. Ishlab chiqarish, ombor, xarid, sotuv, moliya, HR va texnik xizmat bitta Odoo 19 Enterprise tizimiga birlashtirildi: 28 ta maxsus modul ishlab chiqildi, 10 dan ortiq uskuna — Face-ID turniketlar, sanoat tarozilari va stanoklar telemetriyasi — ERP ga ulandi.
Texnologiyalar
- Odoo 19 Enterprise
- Odoo.sh
- GS1-128
- PLC / IoT
- Python
- PostgreSQL
Ko'p beriladigan savollar
Paxta-to'qimachilik klasteri uchun ERP qancha turadi?
Bir nechta korxona va omborli tizim $85,000 dan, taxminan bir yil. Bitta korxonadan boshlansa, standart modullar bilan $8,800 dan va 2–3 oy, ishlab chiqarish bosqichlari va uskuna integratsiyasi bilan $25,000–$35,000 va 4–6 oy. Aniq summa TZ tasdiqlangach shartnomada qotiriladi; Odoo Enterprise litsenziyasi alohida to'lanadi.
Hamma korxonani birdaniga ulash shartmi?
Yo'q. Odatda bitta korxona yoki bitta ombordan boshlanadi, u barqaror ishlagach keyingisi ulanadi. Baza boshidan bir nechta korxona uchun quriladi, shuning uchun keyingi korxona qo'shilganda avvalgi hisob qayta qilinmaydi.
Korxonalar alohida yuridik shaxs bo'lsa-chi?
Odoo'da har yuridik shaxs alohida kompaniya sifatida yuritiladi: o'z hisobi, o'z hujjatlari. Rahbariyat esa hammasini birgalikda ko'radi. Korxonalar orasidagi ichki sotuv va ko'chirish ikkala tomonda ham hujjatlanadi.
Buxgalteriyani 1C da qoldirsak bo'ladimi?
Ha, ko'p korxona shunday qiladi: operatsion boshqaruv Odoo'da, rasmiy hisobot 1C'da. Ikkalasi o'rtasida avtomatik almashinuv quramiz, shunda bir hujjat ikki marta kiritilmaydi.
Bepul konsultatsiya
Loyihangiz haqida ayting — 1 ish kunida javob beramiz.