Tikuv Sexi uchun Dastur va ERP
Tikuv sexi uchun dastur — buyurtma va matodan tayyor kiyim jo'natilishigacha bichuv, tikuv, sifat nazorati, ishbay ish haqi va tannarxni bitta Odoo bazasida yurituvchi ERP; u tikuv sexlari va tikuv fabrikalari uchun, CMT asosida ham, o'z brendi bilan ham. Standart joriy qilish $8,800 dan va 2–3 oy oladi, operatsiyalar bo'yicha hisob, shtrix-kod va uskuna integratsiyasi bilan — $25K–$35K va 4–6 oy. Kiyim ishlab chiqarish dasturi qaysi pachka qaysi tikuvchida ekanini va har model tannarxini ko'rsatadi.
Tikuv — to'qimachilik zanjirining oxirgi bosqichi. Butun zanjir haqida: to'qimachilik korxonasi uchun ERP sahifasida; polotnoni o'zi to'qiydigan korxonalar uchun — trikotaj fabrikasi sahifasida.
Kimga mos
- CMT asosida — buyurtmachi materialidan — kiyim tikadigan tikuv sexlari va fabrikalar: tikuv sexi uchun programma yoki to'liq ERP qidirayotganlar
- O'z brendi bilan kiyim ishlab chiqaradiganlar: model, o'lcham va rang bo'yicha hisob
- Tikuvchilar ishini hisoblash programmasi qidirayotgan, ishbay ish haqini Excel'da hisoblayotgan sexlar
- Tikuvchilik korxonasi uchun ERP ga Excel yoki 1C'dan o'tayotganlar
Nimani hal qiladi
Mato sarfi bichuvdan keyin ham noma'lum
Alohida mato sarfini hisoblash dasturi kerak emas: bichuv kartasi bo'yicha reja va fakt, qoldiq va chiqindi
Pachka qayerda ekani noma'lum
Har pachkaga shtrix-kod: bichuvdan qadoqlashgacha qaysi operatsiyada ekani ko'rinadi
Ishbay ish haqi qo'lda hisoblanadi va bahsli
Operatsiya narxi × bajarilgan miqdor — har tikuvchi bo'yicha avtomatik
Kiyim tannarxi taxminiy
Kiyim tannarxini hisoblash dasturi shu tizimning o'zi: mato, furnitura, operatsiyalar va ustama xarajat bo'yicha model tannarxi
Brak oxirgi nazoratda topiladi
Sifat nazorati operatsiyalar orasida; brak tikuvchi va operatsiyaga bog'lanadi
Buyurtma qaysi bosqichda ekani noma'lum
Tikuv sexi buyurtmalar hisobi dasturi: har buyurtma bo'yicha bichuv, tikuv va qadoq holati
Tikuv sexida buyurtma qanday yo'l bosadi?
Bosqich
Tizimda nima yuritiladi
BosqichBuyurtma va model
Tizimda nima yuritiladiModel, o'lcham-rang jadvali, texnologik ketma-ketlik va operatsiya normalari
BosqichMato va furnitura ombori
Tizimda nima yuritiladiRulon hisobi, furnitura, buyurtmachi materiali (CMT) alohida
BosqichBichuv
Tizimda nima yuritiladiBichuv sexi uchun dastur sifatida: bichuv kartasi, mato sarfi va chiqindi; pachkalar va ularning shtrix-kodi
BosqichTikuv
Tizimda nima yuritiladiMarshrut varaqasi: pachka qaysi operatsiyada, kim tikdi, qancha dona — ishbay ish haqi shundan
BosqichSifat nazorati
Tizimda nima yuritiladiNazorat nuqtalari, brak turi, qayta ishlov
BosqichQadoqlash va jo'natish
Tizimda nima yuritiladiYorliq va shtrix-kod chop etish, quti va buyurtma bo'yicha jo'natish
Tikuv sexi uchun 1C yoki ERP — qaysi biri kerak?
Vazifa
Qayerda yechiladi
VazifaRasmiy buxgalteriya va soliq hisoboti
Qayerda yechiladi1C'da qolishi mumkin — Odoo bilan avtomatik almashinuv quriladi
VazifaBichuv, pachka, operatsiya va tikuvchi bo'yicha hisob
Qayerda yechiladiERP (Odoo) — sex darajasidagi hisob shu yerda
VazifaIshbay ish haqi hisoblash dasturi
Qayerda yechiladiERP — operatsiyalar hisobidan avtomatik; yakuniy summa 1C ga o'tishi mumkin
VazifaModel tannarxi va buyurtma rentabelligi
Qayerda yechiladiERP — mato, furnitura va operatsiyalar bir bazada
MES alohida tizim sifatida sex darajasidagi uskunalarni kuzatadi; Odoo'da bu vazifaning bir qismi ERP ichida va uskuna integratsiyasi orqali yopiladi.
Nima olasiz
- ✓Tikuv sexi uchun Odoo: model, operatsiyalar va normalar bo'yicha sozlangan
- ✓Bichuv kartasi va mato sarfini hisoblash
- ✓Pachka shtrix-kodi va marshrut varaqasi
- ✓Ishbay ish haqi hisobi — operatsiya va tikuvchi bo'yicha
- ✓Tikuv sexi uchun sifat nazorati dasturi: nazorat nuqtalari va brak hisobi
- ✓Kiyim tannarxini hisoblash: mato, furnitura, operatsiyalar
Narx va muddat
Fixed-scope: TZ tasdiqlangach summa shartnomada qotiriladi va o'zgarmaydi.
Standart modullarni joriy qilish.
- Ombor va sotuv
- Ma'lumot migratsiyasi
- Xodimlarni o'qitish
- Standart hisobotlar
Ishlab chiqarishga moslashtirilgan modullar.
- Ishlab chiqarish bosqichlari
- Maxsus modullar
- Uskuna integratsiyasi
- Partiya kuzatuvi
To'liq siklli klaster uchun.
- Bir nechta korxona
- Ko'p ombor va filial
- Apparat integratsiyalari
- 24/7 SLA
Har paketda 4 hafta bepul qo'llab-quvvatlash · bosqichma-bosqich to'lov · kod va intellektual mulk sizga o'tadi. Barcha narxlar
Real loyiha — Shodlik Textile
Shodlik Textile klasterida kiyim CMT asosida — buyurtmachi materialidan — va o'z brendi ostida tikiladi; klaster Odoo 19 Enterprise yadrosiga ko'chirilgan. Face-ID turniketlar ERP ga ulangan — davomat, smena va kechikishlar avtomatik hisoblanadi; B2B eksport saytidagi so'rovlar to'g'ridan-to'g'ri CRM ga tushadi.
Texnologiyalar
- Odoo 19 Enterprise
- Odoo MRP
- Odoo Quality
- Odoo PLM
- Odoo Barcode
- GS1-128
Ko'p beriladigan savollar
Tikuv sexi dasturi narxi qancha?
Standart modullar bilan joriy qilish $8,800 dan, 2–3 oy. Operatsiyalar bo'yicha hisob, pachka shtrix-kodi, ishbay ish haqi va uskuna integratsiyasi bilan $25,000–$35,000, 4–6 oy. Aniq summa TZ tasdiqlangach shartnomada qotiriladi; Odoo Enterprise litsenziyasi alohida to'lanadi. Kichik atelye uchun bu ortiqcha bo'lsa, tahlil bosqichida ochiq aytamiz.
Tikuv sexini avtomatlashtirish qayerdan boshlanadi?
Odatda mato va furnitura omboridan va bichuvdan: mato qayerdan kelib qayerga ketgani aniq bo'lgach, pachka shtrix-kodi, operatsiyalar va ishbay ish haqi ulanadi. Har bosqich barqaror ishlagach keyingisi qo'shiladi, eski tartib esa shu vaqtgacha parallel ishlaydi.
Ishbay ish haqi hisoblash dasturi qanday ishlaydi?
Har operatsiyaning narxi va normasi model kartasida turadi. Tikuvchi pachkani bajarganini shtrix-kod orqali belgilaydi, tizim bajarilgan dona × operatsiya narxi bo'yicha ish haqini hisoblaydi. Tikuvchi ham, usta ham bir xil raqamni ko'radi — bahs kamayadi.
Tikuv sexi uchun shtrix kod tizimi nimaga kerak?
Pachkaga yopishtirilgan shtrix-kod bichuvdan qadoqlashgacha uning yo'lini ko'rsatadi: qaysi operatsiyada, kimda va qancha dona. Shu belgilar asosida ishbay ish haqi, kunlik ishlab chiqarish va brak hisobi o'zi yig'iladi.
Lekala raskladkasini ham shu dastur qiladimi?
Yo'q. Lekala va raskladka maxsus CAD dasturida tayyorlanadi. ERP bichuv kartasini, mato sarfini va pachkalarni yuritadi; CAD dasturingizdan ma'lumot olish imkoniyatini tahlil bosqichida tekshiramiz.
CMT buyurtmalar alohida hisoblanadimi?
Ha. Buyurtmachi matosi va furniturasi alohida hisobga olinadi — u omboringizda turadi, lekin sizning mulkingiz emas. Tannarxga faqat ishlov berish xizmati kiradi, buyurtmachiga material qoldig'i bo'yicha hisobot beriladi.
Bepul konsultatsiya
Loyihangiz haqida ayting — 1 ish kunida javob beramiz.