Mato To'quv Fabrikasi uchun ERP
Mato to'quv fabrikasi uchun ERP — ip qabulidan tayyor mato rulonini jo'natishgacha hisobni bitta Odoo bazasida yurituvchi tizim; u to'quv fabrikalari va klaster tarkibidagi to'quv sexlari uchun. Standart joriy qilish $8,800 dan va 2–3 oy oladi, dastgoh va tarozi integratsiyasi bilan — $25K–$35K va 4–6 oy. Har rulonning metri, navi, brak sababi va qaysi ipdan to'qilgani tizimda ko'rinadi.
To'quv — to'qimachilik zanjirining bir bosqichi. Butun zanjir haqida: to'qimachilik korxonasi uchun ERP sahifasida.
Kimga mos
- Poplin, bo'z, satin va boshqa matolarni to'qiydigan fabrikalar
- Klaster tarkibidagi to'quv sexlari — ip o'z yigiruvidan keladi
- Matoni bo'yashga yoki tikuvga o'tkazadigan va rulon bo'yicha hisob talab qilinadiganlar
- Mato ombori hisobi dasturi qidirayotgan, qoldiqni metr va kg da bilmoqchi bo'lganlar
Nimani hal qiladi
Ip sarfi oy oxirida taxminiy hisoblanadi
Tanda va arqoq ipi har metr mato uchun retseptura (BOM) bo'yicha yechiladi
Rulonlar ro'yxati daftarda
Har rulon — alohida partiya: metr, vazn, nav va yorliq
Brak sababi va kimning smenasida chiqqani noma'lum
Navlashda brak turi, dastgoh va smena yoziladi
Mato ombori qoldig'i haqiqiy holatga mos emas
Rulon hisobi va shtrix-kod bilan kirim-chiqim, qoldiq real vaqtda
Dastgoh to'xtab qolgani kech bilinadi
Telemetriya signalida texnik xizmat arizasi o'zi yaratiladi
To'quv fabrikasida rulon hisobi qanday yuritiladi?
Bosqich
Tizimda nima yuritiladi
BosqichIp qabuli
Tizimda nima yuritiladiIp partiyasi, nomeri va vazni — yigiruvdan yoki tashqi yetkazib beruvchidan
BosqichTanda tayyorlash
Tizimda nima yuritiladiNavoy (tanda o'qi) — qaysi ip partiyasidan va qaysi buyurtmaga
BosqichTo'quv
Tizimda nima yuritiladiDastgoh, smena va buyurtma bo'yicha to'qilgan metr
BosqichNavlash va brak
Tizimda nima yuritiladiHar rulon uchun nav, nuqson turi va o'lchov; brak alohida hisobda
BosqichMato ombori
Tizimda nima yuritiladiRulon yorlig'i (GS1-128), metr va kg dagi qoldiq, bo'yashga yoki tikuvga o'tkazish
Navoy va navlash tartibi fabrikangizdagi amaliyotga qarab tahlil bosqichida sozlanadi.
Nima olasiz
- ✓To'quv bosqichlari va normalar bo'yicha sozlangan Odoo
- ✓Ip partiyasidan mato rulonigacha kuzatuv (GS1-128 yorliq)
- ✓Rulon hisobi: metr, vazn, nav va brak
- ✓Mato ombori: kirim, chiqim va qoldiq metr hamda kg da
- ✓Dastgoh telemetriyasi va tarozi integratsiyasi
- ✓Xodimlarni o'qitish va ishga tushgandan keyin 4 hafta bepul kuzatuv
Narx va muddat
Fixed-scope: TZ tasdiqlangach summa shartnomada qotiriladi va o'zgarmaydi.
Standart modullarni joriy qilish.
- Ombor va sotuv
- Ma'lumot migratsiyasi
- Xodimlarni o'qitish
- Standart hisobotlar
Ishlab chiqarishga moslashtirilgan modullar.
- Ishlab chiqarish bosqichlari
- Maxsus modullar
- Uskuna integratsiyasi
- Partiya kuzatuvi
To'liq siklli klaster uchun.
- Bir nechta korxona
- Ko'p ombor va filial
- Apparat integratsiyalari
- 24/7 SLA
Har paketda 4 hafta bepul qo'llab-quvvatlash · bosqichma-bosqich to'lov · kod va intellektual mulk sizga o'tadi. Barcha narxlar
Real loyiha — Shodlik Textile
Shodlik Textile'da poplin, bo'z, satin va boshqa matolar ishlab chiqariladi; mato bosqichi ip-kalava bilan bitta Odoo 19 Enterprise bazasida. Stanoklar telemetriyasi ERP ga ulangan — nosozlik signali kelganda texnik xizmat arizasi o'zi yaratiladi, partiyalar esa GS1-128 yorliqlari bilan keyingi bosqichga o'tadi.
Texnologiyalar
- Odoo 19 Enterprise
- Odoo MRP
- Odoo Inventory
- Odoo Maintenance
- GS1-128
- PLC / IoT
Ko'p beriladigan savollar
To'quv fabrikasi uchun ERP qancha turadi?
Standart modullar bilan joriy qilish $8,800 dan, 2–3 oy. To'quv bosqichlari, maxsus modullar va dastgoh yoki tarozi integratsiyasi bilan $25,000–$35,000, 4–6 oy. Aniq summa TZ tasdiqlangach shartnomada qotiriladi; Odoo Enterprise litsenziyasi alohida to'lanadi.
Matoni metrda ham, kg da ham hisoblasa bo'ladimi?
Ha. Odoo'da bir mahsulot uchun bir nechta o'lchov birligi yuritiladi: rulon kg da tortiladi, metrda sotiladi yoki bichuvga beriladi. Har rulonning o'z metri va vazni yorlig'ida saqlanadi.
Mato ombori hisobi dasturi alohida kerakmi?
Yo'q. Mato ombori shu ERP ning bir qismi: rulon to'quvdan chiqqanda omborga kirim bo'ladi, bo'yashga yoki tikuvga berilganda chiqim. Faqat ombor hisobi kerak bo'lsa — ombor hisobi dasturi sahifasiga qarang.
Navlash va brak bo'yicha hisobot olsa bo'ladimi?
Ha. Navlashda har rulonga nav va nuqson turi yoziladi, shuning uchun brak dastgoh, smena, ip partiyasi va buyurtma bo'yicha ko'rinadi. Nuqsonlar ro'yxati sizdagi navlash tartibidan olinadi.
Joriy etish vaqtida ishlab chiqarish to'xtaydimi?
Yo'q. Tizim bosqichma-bosqich ishga tushiriladi: avval mato ombori yoki bitta sex, u barqaror ishlagach keyingisi. Eski tartib yangi tizim ishonchli ishlayotganiga ishonch hosil qilgunimizcha parallel ishlaydi.
Bepul konsultatsiya
Loyihangiz haqida ayting — 1 ish kunida javob beramiz.